Qozog‘istonda dahshatli suv toshqini: minglab xonadonni suv bosdi (video)

Olam

image

Qozog‘istonda boshlangan suv toshqinlari oqibatida 3600 dan ortiq uy suv ostida qoldi. Bu haqda bugun, 7 aprel kuni Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i Qaharmon Orazalin ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda Atirau, Oqmo‘la, Aqto‘be, Qo‘stanay, G‘arbiy Qozog‘iston, Shimoliy Qozog‘iston va Pavlodar viloyatlarida 3686 ta xususiy uy, 557 ta hovli va 1822 ta bog‘ uylarini suv bosgan.

"Suv toshqinlari boshlanganidan buyon 72 029 kishi qutqarib olindi, ulardan 16 078 nafari bolalardir”, degan Orazalin jurnalistlar uchun tashkil qilingan brifingda.

Unga ko‘ra, vaqtinchalik joylashtirish markazlarida 14 ming 368 nafar fuqaro bor, shundan 7 ming 200 nafari bolalardir. 

Qutqaruv ishlari Favqulodda vaziyatlar va Mudofaa vazirliklari hamda Milliy gvardiya samolyotlari yordamida davom ettirilmoqda. Jami 12,4 mingdan ortiq kishi, 1,3 ming texnika va 7 samolyot jalb qilingan. Suv toshqinlari sababli mamlakatning 10 ta hududida favqulodda holat e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 aprel kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatdagi suv toshqinlari 80 yil ichidagi eng yirik tabiiy ofat ekanligini aytib chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston evakuatsiya toshqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing