Qozog‘istonda COVID-19 dan vafot etganlar soni yana ko‘paydi

Olam

image

Bugun, 8 aprel kuni Qozog‘istonda koronavirusga chalingan bemorlardan biri olamdan o‘tdi. Respublikada infeksiya oqibatida vafot etganlarning umumiy soni 7 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Qozog‘istonda umumiy hisobda 709 ta koronavirusga chalinish holati qayd etilgan. Mamlakatda 16 martdan buyon favqulodda holat e’lon qilingan. Nur-Sulton va Olma-otada 19 martdan karantin rejimi joriy etildi. Keyinroq ushbu cheklovlar respublikaning boshqa shahar va hududlarida ham yo‘lga qo‘yildi.

“Akmolinsk viloyatida koronavirusdan o‘lim holati qayd etildi”, deyiladi vazirlik axborotida.

Ushbu hududda jami 3 bemor infeksiyadan zararlanish oqibatida vafot etdi. Bundan tashqari, Nur-Sulton, Chimkent, Qarag‘anda va Turkiston viloyatlarida ham o‘lim holati qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

172

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing