Qozog‘istonda bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Jamiyat

image

Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatda kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitlaridan ogohlantiriladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda Qozog‘iston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi oqibatida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Shuningdek, yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi sababli Respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanish cheklangan.

“Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 25 may kuni Qozog‘iston shimolidagi Oqmola viloyatida qor yog‘ishi sababli respublika va viloyat ahamiyatiga ega yo‘llarning bir qancha uchastkalarida transport harakati cheklangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston o'zbekistonliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing