Qozog‘istonda bortida 67 kishi bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi (video)

Olam

image

Ozarbayjon aviakompaniyasining Baku-Grozniy reysi bo‘yicha uchayotgan samolyoti Qozog‘istonda halokatga uchradi. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qazaeronavigatsiyaga ko‘ra, Embraer 190 samolyoti AHY8243 Baku-Grozniy yo‘nalishida uchib ketayotganda qush bilan to‘qnashuv tufayli boshqaruv tizimi buzilgan va favqulodda vaziyat yuzaga kelgan. U Aqtau shahridagi aeroportga qo‘nishi kerak bo‘lgan. Havo kemasida 62 nafar yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj bo‘lgan.

Samolyot halokatidan so‘ng Qozog‘iston FVVning 52 nafar xodimi va 11 ta texnika voqea joyiga yuborilgan. Qutqaruv bo‘linmalari yong‘inni o‘chirishga kirishgan. Hozirgi vaqtda jabrlanganlar haqida ma’lumot aniqlanmoqda. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, 6 kishi omon qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing