Qozog‘istonda bortida 100 kishi bo‘lgan samolyot halokatga uchradi (video)
Olam
−
27 dekabr 2019
12779Bugun, 27 dekabr kuni Qozog‘istonda Olma-ota–Nur-Sulton yo‘nalishida uchgan samolyot halokatga uchradi. Bek Air aviakompaniyasiga tegishli Fokker-100 samolyoti parvoz vaqti baladlikni yo‘qotib, beton to‘siqqa hamda ikki qavatli inshootga urilgan. Bu haqda "Tengrinews" xabar berdi.
Halokatga uchragan samolyot bortida 100 kishi bo‘lgan. Shundan 95 nafari yo‘lovchi, 5 nafari ekipaj a’zosi.
“Zudlik bilan qidiruv-qutqaruv ishlari boshlandi. Yong‘in yuz bermagan. Ayni vaqtda 7 kishi halok bo‘lgan”, degan Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi vakili.
Bosh vazir ko‘rsatmasi bilan hukumat komissiyasi tuzildi. Unga Bosh vazir o‘rinbosari rahbar etib tayinlandi. Komissiya voqea joyiga uchib ketgan. Vaziyat to‘laqonli o‘rganilmaguncha, bu rusumdagi samolyotlardan foydalanish vaqtincha to‘xtatildi.
LiveBarchasi