Qozog‘istonda bir shahar aholisi boshqasiga ommaviy ko‘chiriladi
Olam
−
06 Oktabr 2019
7589Qozog‘istonning Mang‘istau viloyati hokimi Serikbay Trumov jamoatchilik kengashi yig‘ilishida viloyatning bugungi holati va rivojlanish rejalari haqida so‘zlab berdi. Bu haqda Nur.kz xabar bermoqda.
Yig‘ilishda Janao‘zen shahrini har tomonlama rivojlantirish rejasiga bir qator o‘zgarishlar kiritildi. Shahar aholisi zich joylashgani sababli, uning bir qismini Aktau shahriga ko‘chirishga qaror qilindi, bugungi kunda 388 oilani ko‘chirish rejalashtirilgan.
Endi yangi rejaga ko‘ra, Janao‘zen aholisini 2020-2024 yillarda Aktau shahriga ko‘chirish uchun 10 mingta kvartira qurish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu uylarning qurilishi Aktau shahrining 13 yangi mahallasida amalga oshiriladi.
"Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining ijtimoiy holatini yaxshilash bo‘yicha ishlar davom etadi. Biz nodavlat tashkilotlari va boshqa institutlar bilan birgalikda mahalliy ijroiya organi sifatida inqirozlarga o‘z vaqtida javob berish, tezkor qarorlar qabul qilish, mintaqada iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlash va aholining ijtimoiy farovonligini oshirish bo‘yicha ish olib boramiz ", dedi Trumov.
LiveBarchasi