Qozog‘istonda bir odamning bir martadan ko‘p Prezident bo‘lishi taqiqlandi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 17 sentyabr kuni Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Qonun bilan Konstitutsiya kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda davlat rahbarining vakolat muddati qayta saylanish huquqisiz yetti yillik muddat bilan cheklandi.

“Davlat rahbari “Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qozog‘iston Respublikasi qonunini imzoladi. Qonun matni matbuotda e’lon qilindi”, deyiladi xabarda.

Hujjatga ko‘ra, endi Prezident avvalgi besh yil o‘rniga yetti yilga saylanadi. Asosiysi bir shaxs bir necha marta saylanishi mumkin emas. Ilgari tegishli normada mamlakat rahbarining ketma-ket ikki muddatdan ortiq saylanishi taqiqlangan edi.

“Respublika Prezidenti yetti yil muddatga saylanadi va bir shaxs bir necha marta respublika Prezidenti etib saylanishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi qoidalar o‘zgarmasdir”, deyiladi Konstitutsiyaning 91-moddasi 2-bandining yangi tahririda.

Shu bilan birga, Asosiy qonunning 42-moddasi 5-bandining bir shaxs bir necha marta saylanishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi o‘zgartirilgan qoidasi ushbu qoida kuchga kirganidan keyin o‘tkazilgan Prezident saylovi g‘oliblariga nisbatan qo‘llanila boshlaydi. Ya’ni To‘qayev yana bir marta saylanishi mumkin. Chunki u bu qoida kuchga kirishidan oldin Prezident bo‘lgan.

To‘qayev tomonidan imzolangan Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun birinchi rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Qonun bilan mamlakat poytaxtiga Ostona nomi ham qaytarib berildi.

Eslatib o‘tamiz, 1 sentyabr kuni Qozog‘istonning amaldagi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev joriy yilning kuzida navbatdan tashqari prezidentlik saylovi, 2023 yilning birinchi yarmida esa parlamentga navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

202

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing