Qozog‘istonda bir qator savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari ochilishiga ruxsat beriladi. Reyslar tiklanadi

Olam

image
O‘zbekistonda xalqaro aviaqatnovlar 30 iyungacha tiklanmaydi north_east

O‘zbekistonda xalqaro aviaqatnovlar 30 iyungacha tiklanmaydi

Qozog‘iston hukumati savdo maydoni 500 kvadrat metrgacha bo‘lgan nooziq-ovqat do‘konlarini ochishga ruxsat berdi. Bu haqda Respublika Bosh vazirining matbuot xizmati xabar qildi.

Qaror 30 aprel kuni favqulodda holat rejimini ta’minlash bo‘yicha davlat komissiyasining yig‘ilishida qabul qilindi. Ushbu qaror 2020 yil 4 maydan boshlab kuchga kiradi. Do‘konlarga soat 17:00 gacha ishlashga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, foto salonlari, gul do‘konlar, sartaroshxonalar, tibbiy markazlar, stomatologiya klinikalari, advokatlar va notariuslar, reklama agentliklari, ko‘chmas mulk, sug‘urta va moliyaviy kompaniyalar ochiladi. Shuningdek, 4 maydan sport zallari va ochiq mashg‘ulotlarga ruxsat beriladi.

Xabar berilishicha, may oyining boshidan boshlab Qozog‘iston aviakompaniyalari Nur-Suton, Olma-ota, Ust-Kamenogorsk va Semipalatinskga reyslarni tiklaydilar.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 aprel kuni O‘zbekistonda ham bir qator cheklovlar olib tashlandi. Shaxsiy avtomobilda harakatlanishga ruxsat berildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq 3 205 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 819  nafari sog‘aygan, 25 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 2 361 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qozog'istonda Cheklovlar

Baholaganlar

107

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing