Qozog‘istonda amaldorlarga sovg‘a berish taqiqlandi
Olam
−
07 Oktabr 2020
5518Qozog‘istonda davlat xizmatchilari va ularning oila a’zolariga biror manfaatni ko‘zlab sovg‘a berish yoki moddiy rag‘batlashtirish va biror xizmat ko‘rsatish taqiqlandi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev imzolagan “Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda belgilandi.
Qonunga muvofiq korrupsiyaga qarshi qonunchilik davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan loyihalarni sotib olish va amalga oshirish bo‘yicha kvazi-davlat sektori sub’ektlarida asosiy qarorlarni qabul qilgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
Shuningdek, qonunda qarindoshlarning bitta tashkilotda ishlashining ayrim masalalarini hal qilish, korrupsiyaga oid qonunbuzarliklar haqida ma’lumot berish, korrupsiyaga qarshi xizmat xodimlarining uy-joy to‘lovlari, kvazi-davlat sektori sub’ektlarida kompleans xizmatni tashkil eitsh va boshqalar ko‘zda tutilgan.
LiveBarchasi