Qozog‘istonda 7 yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Olam

image

Qozog‘istonning Chimkent shahrida 7 yil davomida xalqaro qidiruvda bo‘lgan narkotik moddalar bilan shug‘ullanuvchi o‘zbekistonlik shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda OTYRAR xabar qildi.

Turkiston viloyati politsiyasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik bu shaxs 2016 yildan beri narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyat uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan.

Tezkor xodimlar Chimkentda qidiruvda bo‘lgan shaxsni qo‘lga olgan. Shundan so‘ng Sariag‘ash tuman Ichki ishlar boshqarmasi vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.

Hozirda politsiya ushbu fuqaroni ekstraditsiya qilish ustida ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq katta miqdorda firibgarlik sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston qidiruv o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing