Qozog‘istonda 6 yoshli bola tomdan yiqilib vafot etdi

3-sahifa

image

Qozog‘istonning Olmaota shahridagi turar-joy majmuasida plastik qoplamali tom ustiga chiqqan bola yiqilib vafot etdi. Bu haqda “Tengri Nevs” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 30 sentyabr kuni 2017 yilda Atirau shahrida tug‘ilgan bola Olmaota turar-joy majmuasidagi plastik qoplamali tom ustiga chiqqan. Quyosh nuri va sovuq ta’siridan allaqachon sifatini yo‘qotgan qoplama bolaning og‘irligini ko‘tara olmay sinib ketgan va 6 yoshli bola yiqilib, voqea joyida vafot etgan. 

Hozirda Olmaota politsiyasi va Bo‘stondiq tumani IIB mazkur hodisa yuzasidan mamlakat Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi (Voyaga yetmaganlarni tarbiyalash bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atib, tergov harakatlarini davom ettirmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Tatariston Respublikasi hududida 1998 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Kama daryosiga cho‘kib ketib, vafot etgandi. Shuningdek, Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik fuqaro ikkinchi qavatdan yiqilib tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Jinoyat kodeksi Olmaota tom Bo'stondiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing