Rossiyadagi daryoda o‘zbekistonlik yigit cho‘kib ketdi

3-sahifa

image

Rossiyaning Tatariston Respublikasi hududida 1998 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Kama daryosiga cho‘kib ketib, vafot etdi. Bu haqda Tatariston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, joriy yilning 3 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:30 da Tataristonning Nijnekamsk shahrida 25 yoshli o‘zbekistonlik yigit mast holda Kama daryosiga tushgan. Qutqaruvchilar cho‘kib ketayotgan yigitni suvdan chiqarib olishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan so‘ng uni shifoxonaga olib borishgan. Ko‘rsatilgan yordamga qaramay, reanimatsiyaga tushib qolgan yigit soat 17:20 da vafot etgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Rossiyaning Leningrad viloyati Novosaratovka qishlog‘i yaqinida Neva daryosida cho‘kib ketgan 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgandi. Shuningdek, o‘sha yili Rossiyaning Ryazan viloyatidagi Dedyuxino qishlog‘ida o‘zbekistonlik ikki nafar bola ham cho‘kib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya cho'kish o'zbekistonlik yigit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing