Rossiyada 20 yoshli o‘zbekistonlik yigit daryoda cho‘kib ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 17 iyul kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida bir sutkada suvda cho‘kib ketgan 6 kishining jasadi topildi. Ulardan biri 20 yoshli o‘zbekistonlik yigit. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, g‘avvoslar Novosaratovka qishlog‘i yaqinidagi Neva daryosida cho‘kib ketgan 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadini topgan. Shuningdek, Dimitrov ko‘chasidagi “Qahramonlar” bog‘ining hovuzidan ham ikkita murda chiqarib olingan. Ularning shaxsiga aniqlik kiritilmagan.

Qayd etilishicha, qolgan 3 jasad turli suv havzalarida aniqlangan. Jumladan, Shapki qishlog‘ida 30 yoshli peterburglik ayol mast holatda suvga sho‘ng‘igan va cho‘kib ketgan. Bundan tashqari, 50 va 40 yoshlardagi shaxsiga aniqlik kiritilmagan erkaklarning ham turli suv havzasida jasadi topilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik tadbirkor o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining o‘limida ayblanayotgani haqida xabar bergandik. U 7 yilga qamalishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

220

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing