Rossiyada ikki o‘zbekistonlik bola cho‘kib ketdi

Olam

image

Rossiyaning Ryazan viloyatidagi Dedyuxino qishlog‘ida o‘zbekistonlik ikki nafar bola cho‘kib ketdi. Bu haqda RF Tergov qo‘mitasining Ryazan viloyati boshqarmasi ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 3 dekabr kuni ota-ona qarovisiz qolgan 7 va 4 yoshli aka-uka qishloqdagi sun’iy suv havzasi ustidagi muzga chiqishgan. Shu vaqtda muz yorilib, ular cho‘kib ketgan.

Tergov boshqarmasi xodimlari zudlik bilan hodisa joyiga chiqib, zudlik bilan tekshiruv o‘tkazgan.

“Hozirda hodisa joyi ko‘zdan kechirilmoqda, zaruriy ekspertiza tayinlangan, hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlashga qaratilgan boshqa protsessual harakatlar amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Komsopolskaya pravda” nashrining yozishicha, bolalar O‘zbekistonda dafn etiladi. Bu haqda ularga bolalarning otasi ma’lum qilgan.

“Bularning barchasi qanday sodir bo‘lganini bilmayman, hamma shokda ... Ular hech qachon ruxsatsiz ko‘chaga chiqmagan. Multfilmlar tomosha qilishar, uy oldida yurishardi. Birini bolalar bog‘chasidan, ikkinchisini maktabdan olardim. Ularni vatanda, O‘zbekistonda, dafn qilamiz. Biz qaytib kelamizmi yoki yo‘qmi, hali bilmayman”, degan bolalarning otasi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

383

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing