Qozog‘istonda 55 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus buzilib qoldi
Olam
−
21 noyabr 2019
5051Kecha, 20 noyabr kuni Qozog‘istonda Samara-Chimkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan va ichida 57 nafar odam, jumladan 55 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobus buzilib qoldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Avtobus Aqto‘be viloyati Xromtau tumani hududida texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgan.
Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha viloyat departamenti yordamida o‘zbekistonliklar yevakuatsiya qilingan. Hodisada hech kim jabrlanmagan. Sovuq ob-havoga qaramay avtobusda yoz uchun mo‘ljallangan yonilg‘idan foydalanilgani va u muzlab qolgani nosozlikka sabab bo‘lgan. Ayni paytda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va Qozog‘istonning tegishli idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Shu bilan birga TIV Konsullik-huquqiy departamenti yana bir bor O‘zbekiston fuqarolari e’tiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida qishgi vaqtda Qozog‘istonga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda yehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko‘rish kerakligi haqida ogohlantirgan.
LiveBarchasi