Qozog‘istonda 4 yoshli bolaning burnidan yarim yillik burama mix topildi

Olam

image

Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyati ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi shifokorlari 4 yoshli bolaning burnidan burama mixni olib tashladi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu jism olti oy bolaning burun bo‘shlig‘ida bo‘lgan. Ona farzandini rentgen tekshiruviga olib kelganida begona jism aniqlangan.

“Burama mixning o‘lchami ikki santimetrga teng. U bolani bezovta qilmagani sababli ota-ona tibbiy yordamga murojaat qilmagan. Shu kunlarda bolaning onasi farzandini rentgen tekshiruvidan o‘tkazishga qaror qildi”, deydi shifokor.

Bolaning burnida begona jism aniqlangach, u darhol shifoxonaga yotqizilgan va umumiy narkoz ostida operatsiya qilingan. Jism muvaffaqiyatli olib tashlangan. Hozirda bola o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Bolalar lor shifokori Jandos Bulekeyevning ma’lum qilishicha, viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasining tez tibbiy yordam bo‘limiga har kuni farzandlari turli xil jismlarni yutib yuborgan yoki burun bo‘shlig‘i hamda qulog‘iga kirgizib yuborgan besh va undan ortiq ota-onalar murojaat qiladi.

“Bolalar asosan o‘yin vaqtida yoki ovqat yeyishda tangalar, yassi batareyalar, dur, to‘g‘nog‘ich va boshqa ko‘p narsalarni yutib yuborishadi”, deya qo‘shimcha qilgan shifokor.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston burama mix

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing