Qozog‘istonda 4 nafar o‘zbekistonlik YTHga uchradi

Olam

image

Joriy yilning 13 dekabr kuni Qozog‘istonning Qorag‘anda viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, YTH 13 dekabr soat 9:30 lar atrofida “Qorag‘anda-Balxash” avtomobil yo‘lida yuz bergan. Hodisada o‘zbekistonlik I.Y. qurbon bo‘lgan, A.Y., V.K. va H.A. jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan. Ularning barchasi Qozog‘iston hududiga Rossiyadan kirishgan.

Ushbu fakt bo‘yicha Qarag‘anda viloyati yo‘l politsiyasi tergov olib bormoqda.

Qozog‘istondagi O‘zbekiston Elchixonaning Konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga olgan va Qorag‘anda viloyatining tergov organlari va tibbiy muassasalari bilan aloqada bo‘lib turibti.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etib, Qozog‘istonning Nur-Sulton shahri, Aqmola, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qo‘stanay va Qorag‘anda viloyatlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga: +7-717-295-42-52 raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qozog'iston

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing