Qozog‘istonda ham TikTok’ga qarshi chora ko‘rish taklif qilindi

Olam

image

Qozog‘istonlik deputat Alisher Satvaldiyev TikTok va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda salbiy kontentni tarqatishni cheklash bo‘yicha taklif bilan chiqdi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.  

Ma’lum qilinishicha, ushbu platforma foydalanuvchilarining 75 foizini 13 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Shundan o‘rtacha hisobda 4-5 yoshli bolalar TikTok da kuniga 1 yarim soat vaqt sarflashi aniqlandi.

“TikTok voyaga yetmaganlar ma’lumotlarini saqlagani uchun jarimaga tortilmoqda, ba’zi davlatlarning talabiga ko‘ra, 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun kuniga bir soatlik cheklov kiritish bo‘yicha yangi funksiyalar joriy etilmoqda. 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 30 daqiqagacha cheklov kiritilgan, bu ota-onaning ruxsati bilan bir soatgacha uzaytirilishi mumkin. Ayrim davlatlar o‘z hududlarida bu platformani butunlay bloklab qo‘ygan”, deydi deputat.

Uning fikricha, TikTok bola yoki o‘smir ruhiyatiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan kontentni ko‘rsatadi.

“Ko‘tarilayotgan masala yosh avlod taqdiriga salbiy ta’sir ko‘rsatishini inobatga olib, shoshilinch choralar ko‘rish zarur, deb hisoblaymiz. TikTok va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda administratsiya tomonidan milliy qonunchilik talablariga rioya qilish va voyaga yetmaganlarning xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazilishi muhim. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan xalqaro tajriba asosida tegishli choralar ko‘rilsin”, deb ta’kidlaydi u.

Ma’lumot uchun, TikTok ijtimoiy tarmog‘i O‘zbekistonda 2021 yilning yozidan buyon bloklangan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi ham TikTok ijtimoiy xizmatini bloklashga qaror qilgandi.

Javohir Yo‘ldashov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston TikTok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing