Qozog‘istonda ham kuchli zilzila sodir bo‘ldi
Olam
−
06 fevral 2023
24573Bugun, 6 fevral kuni Qozog‘istonda ham 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “Sputnik Qozog‘iston” Telegram kanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, zilzila epimarkazi Qozog‘iston janubida, Chimkent va Turkiston o‘rtasida joylashgan. Chimkent va Tarazda 2-3 magnitudali zilzila sezilgan.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni ertalab Turkiyada 7 8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Moskva vaqti bilan soat 19:00 holatiga ko‘ra, ketma-ket silkinishlar oqibatida 1121 kishi halok bo‘lgan, 7634 kishi jarohatlangan. Silkanishlar Suriya, Livan va Kipr kabi bir qancha qo‘shni mamlakatlarda ham sezildi.