Qozog‘iston zirhli texnika, dron va o‘qotar qurollar ishlab chiqarishi kerak – To‘qayev

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat armiyasi yuqori professional, eng qiyin jangovar topshiriqlarni bajarishga tayyor bo‘lishi kerakligi, buning uchun uni yuqori texnologiyali qurollar va sifatli harbiy texnika bilan jihozlash zarurligini aytdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

“Qozog‘iston mustaqil ravishda zirhli mashinalar, dron va o‘qotar qurollar ishlab chiqarishi kerak. Yaqindagi murojaatimda men ustuvor vazifa – mahalliylashtirish ulushi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish siklini yaratishni qo‘ydim. Zirhli texnika, uchuvchisiz uchish apparatlari, zamonaviy o‘qotar qurollar – bularning barchasini biz o‘zimizda ishlab chiqarishimiz mumkin va kerak”, deydi To‘qayev.

2023 yil mart oyi holatiga ko‘ra, Qozog‘iston armiyasida 77 ming kishi xizmat qilgan, ulardan 45 ming nafari faol harbiy xizmatchilar, yana 32 ming nafari harbiy tuzilmalarda ishlagan. 2022 yil mart oyida To‘qayev mamlakat Mudofaa vazirligiga davlat xavfsizligiga joriy tahdidlarni hisobga olgan holda Qurolli kuchlar tuzilmasi va tarkibini modernizatsiya qilish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Shu bilan birga, u harbiylar bilan armiyani yangi texnika va qurollar bilan qayta jihozlash masalalarini muhokama qilgan. Oktyabr oyida mamlakatda harbiy doktrina yangilanib, armiyani isloh qilish boshlandi.

“Qozog‘iston qurol importiga qaram. Ammo vaziyatni to‘g‘rilash uchun mamlakatda moddiy baza va kadrlar yetarli”, deydi To‘qayev.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston dron Qosim-Jomart To'qaev zirhli texnika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing