Qozog‘iston Zelenskiyning Markaziy Osiyo OAVlariga bergan intervyusi g‘oyasini shubhali deb atadi

Olam

image

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Markaziy Osiyodagi bir qancha ommaviy axborot vositalariga intervyu berib, Rossiya Federatsiyasidan mintaqa mamlakatlariga “tahdid” bo‘layotganini aytganini shubhali deb hisoblaydi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov brifingda ma’lum qildi.

Respublika Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov bu ma’lumotlar rasmiy diplomatik kanallar orqali o‘tmaganini ta’kidladi.

“Aytishni istardimki, intervyu bilan bog‘liq bu fikr biz uchun juda shubhali bo‘lib chiqdi. Bizga ma’lum bo‘lishicha, Ukraina tomoni ushbu loyihani mustaqil ravishda boshlagan va Qozog‘istondagi bir qator xususiy ommaviy axborot vositalari vakillarini Kiyevga intervyu olish uchun taklif qilgan”, deya ta’kidladi Smadiyarov. 

Eslatib o‘tamiz, bir muddat ilgari Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy markaziy osiyolik jurnalistlarga intervyu bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing