Qozog‘iston yo‘llarida qorda qolib ketgan 450 dan ortiq odam qutqarildi
Olam
−
17 fevral 2024
5502Qozog‘istondagi Abay viloyatining Ko‘kpektin tumanida qor ko‘chkilarida qolib ketgan avtomobil yo‘lovchilarini evakuatsiya qilish yakunlandi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
“Qor ko‘chishidan 381 kishi qutqarildi, ulardan 19 nafari bolalar”, deyiladi xabarda.
FVV ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lda qolib ketgan odamlar yo‘q, hamma qutqarilgan va isinish markazlarida.
Shuningdek, Yettisuv viloyatidagi Sariozek-Ko‘ktal yo‘lida 67 kishi evakuatsiya qilinib, isinish nuqtasiga olib borilgan.
Kechqurun Sharqiy Qozog‘iston viloyatining Markako‘l tumanidagi Qorashilik qishlog‘i yaqinida yana 11 kishi, jumladan, 7 bola qor ostida qolgan. Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari ularni evakuatsiya qilib, qishloqqa kuzatib qo‘ygan.
Qutqaruvchilar bugun ham yo‘lni tozalash va qutqaruv vositalarini ishga tushirish ishlarini davom ettirmoqda.
Ko‘kpektin tumanida esa qor ko‘chkilarida qolib ketgan avtomobil yo‘lovchilarini evakuatsiya qilish uchun vertolyotlardan foydalanilgan. Shuningdek, to‘rt nafar jabrlanuvchi muzlab qolgani haqida xabar berilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 fevral kuni Qozog‘istonning Oqmola viloyatida yo‘lda qolib ketgan 64 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchilar evakuatsiya qilingandi.
LiveBarchasi