Qozog‘iston YAIM dinamikasi pandemiya fonida tushib ketdi

Olam

image

Joriy yilning yanvar-may oylarida Qozog‘istonning yalpi ichki mahsuloti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 foizga kamaydi. Bu haqda respublika milliy iqtisodiyot vaziri Ruslan Dalenov ma’lum qildi.

Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vazirligi mart oyi boshida joriy yalpi ichki mahsulotning o‘sishini 4,1 foiz darajasida bashorat qilgan edi. Ammo global tovar va moliya bozoridagi inqirozdan keyin prognoz 0,9 foizga pasayishi bilan qayta ko‘rib chiqildi. O‘z navbatida, Respublika Milliy banki bu yil YAIM 1,8 foizga pasayishini bashorat qilmoqda. Yanvar-aprel oylarida Qozog‘iston yalpi ichki mahsuloti 0,2 foizga tushib ketdi.

"2020 yil yanvar-may oylari yakunlariga ko‘ra, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining natijalari quyidagicha: yalpi ichki mahsulot 1,7 foizga tushdi", dedi vazir hukumat yig‘ilishida.

Shu bilan birga, Dalenovning ta’kidlashicha, hisobot davrida tovarlar ishlab chiqarish 4,8 foizga o‘sgan, xizmatlarni ishlab chiqarish esa 6,2 foizga pasaygan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, karantin choralari yumshatilishi munosabati bilan joriy yilning may oyidan boshlab xizmat ko‘rsatish sohasining ayrim tarmoqlari tiklanmoqda. Xususan, savdo xizmatlari 28,3 foizga, shu jumladan, chakana savdo 34,2 foizga, ulgurji savdo 26,1 foizga o‘sdi. Transport xizmatlari 20,7 foizga, jumladan, yo‘lovchilar tashish 41,5 foizga va yuk tashish 5,7 foizga oshdi. Oziq-ovqat xizmatlari 10,8 foizga ko‘tarildi.

"Shunday qilib, may oyida xizmatlar sohasida o‘sish sur’atlarining dinamik tiklanishi qayd etildi", dedi vazir.

Qozog‘istonda 16 martdan 11 maygacha koronavirus pandemiyasi tufayli favqulodda holat joriy etildi. Ayni paytda mamlakatda karantin bo‘yicha cheklangan choralar ko‘rilmoqda. Respublikada 13 mingdan ortiq koronavirus holati qayd etilgan, ulardan 58 tasi o‘limga olib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing