Qozog‘iston va O‘zbekiston bolalar saratoni bo‘yicha markaz tashkil qiladi

Jamiyat

image

Qozog‘iston va O‘zbekiston bolalar saratoni bo‘yicha akademik markaz tashkil qilish borasida kelishib oldi. Bu haqda “Kazaxstanskaya pravda” xabar berdi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Bolalar uchun muloqot: Markaziy Osiyo va UNICEF” yuqori darajadagi konferensiyasi doirasida Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarova va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan.

Tomonlar sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, tibbiy yordam ko‘rsatishda tajriba almashish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami bo‘yicha mamlakatlar koalitsiyasi doirasida o‘zaro hamkorlik, shuningdek, Orolbo‘yi aholisi salomatligiga ta’sir etuvchi ekologik omillarni kompleks o‘rganishga qaratilgan qo‘shma ilmiy loyihalarni muhokama qilgan.

Muloqot chog‘ida bolalar salomatligini muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Qozog‘iston bolalar saratoni bo‘yicha Xalqaro akademik markaz yaratishni taklif qilib, uni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirgan.

Shuningdek, Milliy ilmiy onkologiya markazi negizida kattalar onkologiyasi va onkogematologiyasi bo‘yicha xalqaro xab, shuningdek, UMC yurak markazi negizida bolalar kardiojarrohligi xalqaro xabini tashkil etish, jumladan, qoraqalpog‘istonlik bolalarga yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini ham taklif etilgan.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha joriy yilda O‘zbekistonda qozoq tibbiyoti kunlari va 2026 yilda Qozog‘istonda o‘zbek tibbiyoti kunlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Tomonlar, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro xab tashkil etish taklifini qo‘llab-quvvatlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Qozog'iston O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing