Qozog‘iston va Turkmaniston davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini kelishib oldi

Olam

image

Qozog‘iston senatorlari “Qozog‘iston va Turkmaniston hukumatlari o‘rtasida davlat chegarasi rejimi to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rib chiqdi va ma’qulladi. Bu haqda Qozog‘iston Senati matbuot xizmati xabar berdi. 

Bitim Qozog‘iston va Turkmaniston o‘rtasidagi davlat chegarasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishni nazarda tutadi. Xususan, qonun normalari davlat chegarasini qo‘riqlash, undan o‘tish, tovarlar va boshqa mol-mulkni olib o‘tish tartibini belgilab beradi.

Hujjatda davlat chegarasida, chegara zonalari va akvatoriyalarda tadbirkorlik, baliqchilik yoki boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish masalalari ham o‘rin olgan.

Shu bilan birga, chegarada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarni huquqiy nuqtai nazardan hal etish yo‘llari tartibga solingan.

Senat deputati Alisher Satvaldiyevga ko‘ra, hozirda Qozog‘iston-Turkmaniston davlat chegarasini himoya qiluvchi bitta chegara bo‘linmasi, 4 ta chegara posti va radiolokatsion stansiyalar bilan jihozlangan 9 ta texnik nazorat posti, 2 ta nazorat punkti faoliyat yuritmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston chegara Turkmaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing