Qozog‘iston O‘zbekistonga gaz tranzitini 11 mlrd kub metrgacha oshiradi
Jamiyat
−
06 mart
42602026 yildan boshlab Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranziti hajmini 11 mlrd kub metrgacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vazirligidagi manbalariga tayanib, TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, “O‘ztransgaz” Rossiyadan gaz importini oshirish maqsadida magistral gaz quvurlarini modernizatsiya qilish dasturini amalga oshiradi. Buni amalga oshirish uchun birinchi bosqichda 2024–2030 yillarda 500 mln dollar ajratish mo‘ljallangan. Shu orqali tabiiy gaz qabul qilishni kuniga 32 mln kub metrgacha oshirish ko‘zda tutilgan. Loyiha xorijiy kreditlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Bundan tashqari, "Gazli" gaz ombori saqlash hajmini ikki bosqichda oshirish rejalashtirilmoqda. Unga ko‘ra, 2020 yildan 2025 yil oxirigacha – kon-qidiruv ishlari hisobiga "Gazli" inshootida gaz saqlash hajmini ikki barobarga – 3 mlrd kub metrdan 6 mlrd kub metrgacha yetkaziladi. Ikkinchi bosqichda gaz omborini yakunlash va kengaytirish hisobiga sig‘im 10 mlrd kub metrgacha oshiriladi. Loyihaning umumiy qiymati 850 mln AQSH dollariga baholanmoqda.
O‘zbekiston 2023 yil 7 oktyabrdan boshlab shimoliy yo‘nalishda, ya’ni Rossiyadan Qozog‘iston hududi orqali gaz import qilishni boshlagandi. Qozog‘iston Energetika vaziri Almasadam Satkaliyevning ma’lum qilishicha, o‘tgan yili qo‘shni mamlakat hududi orqali O‘zbekistonga yiliga 3 mlrd kub metrgacha Rossiya gazining tranziti yo‘lga qo‘yilgan.
Avvalroq, "Gazprom" rahbari Aleksey Miller 2024 yil o‘rtalariga qadar Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston 15 yilga gaz yetkazib berish va tranzit bo‘yicha hamkorlikni rejalashtirayotgani to‘g‘risida gapirgandi.
LiveBarchasi