Qozog‘iston turk kompaniyasidan 800 dan ortiq zirhli texnika sotib olmoqchi
Olam
−
17 iyul 2023
4091Qozog‘iston hukumati turk kompaniyasidan 800 dan ortiq zirhli texnika sotib olmoqchi. Bu haqda “Orda.kz” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hukumat Turkiyaning Otakar kompaniyasidan 834 dona ARMA rusumli avtomashinani sotib olish bo‘yicha qaror tayyorlagan. ARMA’ni sotib olish byudjetga taxminan 2 trillion tenge (2,5 milliard dollar) tushadi.
“Biz faqat memorandum haqida eshitdik. Agar qaror qabul qilinsa, u holda davlat majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Qanday qarorlar qabul qilinmasin, davlat pul yo‘qotadi. Ular sotib olmoqchi bo‘lgan ARMA turkiyalik analogi bilan sakkiz g‘ildirakli “Baris” o‘rtasidagi narx farqi kamida 40 foizni tashkil qiladi. Otakar’dagi bitta mashinaning narxini bilaman. Shunga ko‘ra 800 dona zirhli mashina narxi 1,6 trillion tengega tushishini mumkin”, deydi “Kazakhstan Paramount Engineering” xo‘jayini Aybek Barisov.
Qozog‘istonda ARMA zirhli avtomobilining analogi ishlab chiqarilmoqda. Poytaxtdagi “Kazakhstan Paramount Engineering” zavodida 8x8 g‘ildirakli formulali “Baris” zirhli transportyori ishlab chiqariladi.
Ishlab chiquvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ikkala mashina ham sinovdan o‘tgan va Qozog‘istonda chiqarilgan mashina ham Turkiyanikidan deyarli kam emas.
“Baris 8×8 40 foiz arzonligini, narx farqi 640 milliard tenge xalq pulini hisobga olsak, davlat yutqazadi. Men bunday yirik shartnomaning mahalliy ishlab chiqarish va umuman sanoat uchun multiplikativ samarasi haqida gapirmayapman. Bu pulga qancha muhandislarni o‘qitish mumkin, qancha zavod qurish mumkin. Agar shunday shartnoma tuzganimda qo‘shimcha 3000 ta ish bilan ta’minlagan bo‘lardim. Umid qilamanki, hech kim bunday ahmoqlikka yo‘l qo‘ymaydi”, deydi Barisov.
LiveBarchasi