Qozog‘iston trassasidagi YTHda o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
3-sahifa
−
18 iyun
7255Qozog‘istonda sodir bo‘lgan uchta avtomobil ishtirokidagi yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida 51 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Bu haqda “Aq Jayik” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 15 iyun kuni taxminan soat 6:30 da Atirau-Dossor trassasida sodir bo‘lgan. Unga ko‘ra, KamAZ, PAZ va Daewoo Nexia avtomobillari to‘qnashgan. 1973 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik Nexia rusumli avtomashina haydovchisi zarbdan qattiq deformatsiyaga uchrab, voqea joyida vafot etgan.
“Voqea oqibatida yuk mashinasi yo‘ldan chiqib ketgan va daryoga ag‘darilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada 5 nafar o‘zbekistonlik YTHga uchragandi.