Qozog‘iston tomoni blekautda O‘zbekistonni aybladi

Olam

image

Qozog‘iston joriy yilning 25 yanvar kuni Markaziy Osiyoning yagona elektr tarmog‘ida kuzatilgan yirik uzilishga O‘zbekistondagi IESda yuz bergan qisqa tutashuvni sabab qilib ko‘rsatmoqda. Bu haqda “Tengrinews” nashri ma’lum qildi.

Qozog‘iston elektr tarmoqlarini boshqarish kompaniyasi (KEGOC) boshqaruvi raisining o‘rinbosari Baxitxon Jaziqboyevga ko‘ra, Sirdaryo IESda avariya yuz berib, stansiyaning 4 ta energetika bloki ishdan chiqqan. Bu Qozog‘iston energetika tizimidagi yukning oshishiga olib kelgan.

“O‘zbekistonda 2022 yil 25 yanvar kuni soat 10:59 (Toshkent vaqti bilan)da Sirdaryo IESda qisqa tutashuv tufayli 6 ta energoblok o‘chirildi, 1500 megavattdan ortiq umumiy ishlab chiqarish quvvati yo‘qoldi va elektr quvvati taqchilligi kuzatildi. O‘zbekiston energetika tizimida yuzaga kelgan elektr quvvati taqchilligi Qozog‘iston energetika tizimidan ruxsatsiz elektr energiyasini uzib qo‘yishga olib keldi. Natijada, 500 kilovoltlik tranzit uchun quvvat ko‘tarilib, uning ortiqcha yuklanishi kuzatildi. Energetika uskunalari shikastlanishining oldini olish va mamlakatning janubiy viloyatlarini avtomatlashtirish harakati bilan to‘liq qutqarish maqsadida Olma-ota, Jambil, Turkiston va Qizilo‘rda viloyatlarini alohida ishlashga o‘tkazish bilan tranzit taqsimoti yuzaga keldi”, deyiladi KEGOC xabarida.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Qirg‘izistonning energetika tizimlari to‘liq ishdan chiqqan, barcha elektr stansiyalari va iste’molchilar ta’minoti to‘xtatilgan. O‘zbekiston energetika tizimida uzilgan yuklanish taxminan 9600 MVt (iste’molning 100 foizi), Qirg‘izistonda 2600 MVt (iste’molning 100 foizi)ni tashkil etgan.

Shuningdek, Qozog‘iston Yagona elektr energiyasi tizimida elektr energiyasi taqchilligi bilan bog‘liq vaziyat saqlanib qolayotganini ma’lum qildi.

“Konets sveta”

Joriy yilning 25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Buning ortidan poyezdlarning manzilga yetib borish vaqti kechiktirildi. Elektrdagi uzilish suv ta’minotini ham to‘xtatib qo‘ydi.

Keyinroq, qo‘shni mamlakatlar — Qozog‘iston va Qirg‘izistonning qator hududlarida ham elektr energiyasi uzildi. O‘zbekistonda esa barcha aeroportlar faoliyati cheklandi.

O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston Elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olma-ota, Chimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr energiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

960

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing