Qozog‘iston toliblar bilan aloqa o‘rnatishga tayyor. Davlatning qanday maqsadi bor? 

Olam

image

Qozog‘iston Afg‘onistonning yangi hukumati bilan konstruktiv ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishga tayyor. Bu haqda mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ma’lum qildi.  

“Qozog‘iston Afg‘onistonni o‘zi, qo‘shnilari bilan tinch-totuv yashaydigan barqaror, suveren va birlashgan davlatga aylanishi kerak, deb hisoblaydi. Biz birinchi navbatda, gumanitar muammolarni hal qilish uchun yangi hukumat bilan konstruktiv ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishga tayyormiz. Xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonni hozirgi burilish nuqtasida mavjud qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz qoldirmasligi kerak”, degan Prezident. 

To‘qayev, shuningdek “Tolibon” harakati vakillari haqiqatan ham mo‘’tadil pozitsiyalarga amal qilishlarini va haqiqiy birlashgan, inklyuziv hukumatni tuzish bo‘yicha muzokaralarga ochiq ekanliklarini isbotlashlariga umid bildirgan. 

Avvalroq, To‘qayev Qozog‘iston Afg‘onistondan qozoq diasporasi vakillarini qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgandi. 

Afg‘onistondagi vaziyat

AQSHning Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQSH qo‘shinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. Bunga qadar Yevropaning boshqa davlatlari, jumladan Britaniya va Germaniya ham mamlakatni tark etdi. Ushbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Tolibon

Baholaganlar

35

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing