Qozog‘iston SSVni yosh rahbar boshqaradigan bo‘ldi

Olam

image

Avvalroq, Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.

Kecha, 25 iyun kuni Qozog‘istonda Sog‘liqni saqlash vazirligini ilgari Prezident ma’muriyatining tibbiy markazini boshqargan Aleksey Soy boshqarishi belgilandi.

Eljan Birtanov bu borada quyidagicha izoh berdi: “Bugun davlat rahbariga meni sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etishni so‘rab murojaat qildim. Afsuski, menda pnevmoniya asoratlangan koronavirus infeksiyasi bo‘lganligi sababli, qo‘shimcha davolanish kerak bo‘ladi”.

Iyun oyining boshida COVID-19ni yuqtirib olgan Yeljan Birtanov 2017 yildan sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Qozog‘iston SSVning yangi rahbari Aleksey Soy 1977 yilda tug‘ilgan. Ushbu lavozimga tayinlanishdan oldin Prezident ma’muriyatining Tibbiyot markazini boshqargan. 22 iyundan boshlab SSVda birinchi o‘rinbosar bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Bugun, 26 iyun kuni Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan 465 bemor aniqlandi va ularning umumiy soni 19 750 kishiga yetdi. Pandemiya davrida 12 220 kishi sog‘aydi. 140 ta o‘lim holati qayd etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qozog'istonda

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing