Qozog‘iston SSV tabiblarni rasman tan olmoqchi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tabiblarni rasman tan olmoqchi. Bu haqda “Press.kz” xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining sobiq rahbari Yeljan Birtanovning Facebook'dagi postiga ko‘ra, mazkur chora davlat yuridik shaxslari tomonidan taqdim etiladigan malaka darajasi, sifati va ish sharoitlariga qo‘yiladigan talablarni aniqlashga qaratilgan.

“Bunday yondashuv tom ma’noda mo‘’jiza va dalillar bazasiga ega bo‘lmagan boshqa vositalar yordamida kasalliklarni davolashga imkon berishini anglatadi”, deyiladi nashr xabarida.

Boshqacha aytganda, professional standart an’anaviy tibbiyot sohasini nazorat qilish va kadrlarni boshqarish sohasidagi keng ko‘lamli vazifalarni hal qilish imkonini beradi.

Shuni ta’kidlash kerakki, Sog‘liqni saqlash vazirligining hujjatida shifolashning ko‘plab atama va ta’riflari qo‘llaniladi, bu ularning dalillarga asoslangan tibbiyot bilan aloqasi bo‘yicha bir qator savollar tug‘diradi. Masalan quyidagi atamalar:

  • Apiterapiya - asalari va asalarichilik mahsulotlari bilan davolash.
  • Biologik faol nuqtalar - bu asab tugunlari, tegishli chuqur to‘qimalar va organlarning proeksiyasi bo‘lgan tana sirtining joylari.
  • Biorezonans terapiyasi bemorning o‘zi elektromagnit tebranishlar spektrini ishlatadigan biofizik usuldir.
  • Tabib - kasallikni mo‘’jizaviy tarzda davolaydigan odam.

“Butun sivilizatsiyalashgan dunyo allaqachon dalillarga asoslangan tibbiyotga o‘tgan bir paytda, Sog‘liqni saqlash vazirligimiz an’anaviy tibbiyot va shifo bo‘yicha professional standartni ko‘rib chiqish uchun yubormoqda”, deydi menejer Aleksey Balas ushbu yangilikka nisbatan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing