Qozog‘iston sayyohlariga elektroshoker qo‘llanilgani bo‘yicha Toshkentga so‘rov bilan chiqdi
Jamiyat
−
24 may 2022
16629Avvalroq, Samarqand viloyatida Ichki ishlar organlari xodimlari sayyohlarga elektroshoker qo‘llagani haqida xabar bergan edik. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston rasmiylaridan mazkur vaziyatga oydinlik kiritishni so‘ramoqda. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.
“Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi vaziyatga oydinlik kiritish uchun xat bilan murojaat qildi. Biz o‘z fuqarolarimizning huquqlarini himoya qilamiz”, deya ta’kidladi Qozog‘iston TIV rasmiy vakili Aybek Smadiyarov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik Samarqand Ichki ishlar idoralari xodimlari Qozog‘iston fuqarosiga nisbatan elektroshoker ishlatgan voqea videosini o‘rganib chiqqan. Vaziyat O‘zbekiston TIV nazoratida.
“O‘zbekiston jamiyatning o‘zi huquq-tartibot idoralari xodimlarining harakatlarini qoralamoqda. Shunga qaramay, biz vaziyatni nazoratda ushlab turamiz. U yerda ichki tekshiruv boshlandi, xodimlar ishdan chetlatildi. Biz bunga aralashmaslikka harakat qilyapmiz va faqat fuqarolarimizning himoyasiga tegishli qismini kuzatib boryapmiz”, deb tushuntirgan TIV vakili.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 maydan 21 mayga o‘tar kechasi Samarqand shahrida tungi xizmatga jalb etilgan Samarqand shahar IIB Patrul-post xizmati xodimlari, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida qo‘shni mamlakatdan O‘zbekistonga mehmonga kelgan sayyohlarning shaxsini tekshirish jarayonida qo‘pol munosabatda bo‘lib, xizmat vazifasini va maxsus-texnik vositalarni qo‘llash vakolatini suiiste’mol qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik xizmati tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi