Qozog‘iston rus oligarxiga tegishli kanalni blokladi

Olam

image

Qozog‘iston oligarx Konstantin Malofeyevga tegishli Rossiyaning “Sargrad” targ‘ibot telekanalini blokladi. Bu haqda respublika Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, saytga kirish uning manbalaridagi ekstremizm targ‘iboti tufayli yopilgan. Ayni paytda telekanalning butun veb-saytidan foydalanish imkoni yo‘q.

Bildirilishicha, Qozog‘iston davlat idorasi “Sargrad”ga to‘rtta ogohlantirish yuborgan. Ularning so‘nggisi “Qozoq millatchilari G‘alaba bayrami arafasida rus ayollarini qo‘rqitishmoqda” sarlavhali maqolaga tegishli.

Ma’lumot uchun, bu kanalning birinchi marta cheklanishi emas. Jumladan, 2020 yil iyul oyida YouTube eksport qonunchiligini buzgani uchun “Sargrad”ni qayta tiklash imkoniyatisiz bloklagan.

Uning asoschisi Konstantin Malofeyev ham Yevropa Ittifoqi, AQSH va boshqa mamlakatlarning sanksiyalangan odamlari ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, u Rossiya Federatsiyasi FSBsi bilan aloqasi bo‘lgan pravoslav oligarx sifatida tanilgan. Bundan tashqari, oligarx Ukraina hududida noqonuniy qurolli guruhlarni moliyalashda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

telekanal Konstantin Malofeev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing