Rossiya Ukrainaning jonli efir bo‘layotgan telekanaliga zarba berdi (video)

Olam

image

Rossiya droni bugun, 8 sentyabr kuni “Biz – Ukraina” telekanali binosiga hujum qildi. Zarba oqibatida 5 kishi jarohatlandi. Bu haqda “The Insider” xabar berdi.

Qayd etilishicha, telekanal “Yagona yangiliklar” telemarafoni doirasida efirga chiqqan. Hujum vaqtida jurnalistlar jonli efirda bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 5 kishi jarohatlangan.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, telekanal binosi qisman vayron bo‘lgan. Hujumdan so‘ng binoda yong‘in chiqqan va Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xodimlari tomonidan o‘chirilgan. Hozir voqea joyida tezkor xizmatlar ish olib bormoqda.

“Bugun Rossiya OAV va jurnalistlarga hujum qildi. Dron “Yagona yangiliklar” telemarafonining “Biz – Ukraina” telekanali binosiga hujum qildi. Bu kunduzi, jurnalistlar efirda bo‘lgan paytda sodir bo‘ldi”, degan Zelenskiy.

Uning aniqlik kiritishicha, hozircha 5 nafar jabrlanuvchi haqida ma’lumot bor, biroq ularning soni yana oshishi mumkin.

“Shahed”larning OAVga qarshi qo‘llanilishi Rossiyaning tanazzulida yangi sahifa. Bunga Yevropa va xalqaro hamjamiyat albatta munosabat bildirishi kerak. Ukraina va ukrainaliklarga qarshi hech bir hujum jazosiz qolmasligi kerak. Rossiyani to‘xtatish zarur va bunga faqat birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali erishish mumkin”, degan Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning bugun, 8 sentyabr kuni Kiyevga uyushtirgan yirik raketa va dron hujumi oqibatida 2 kishi halok bo‘lib, jarohatlanganlar soni esa 10 nafarga yetgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing