Qozog‘iston Prezidentlik saylovlari uchun qancha mablag‘ ajratilishini ma’lum qildi

Olam

image

Qozog‘iston hukumati zudlik bilan o‘tkazishni rejalashtirayotgan prezidentlik saylovlari uchun 24,8 million AQSH dollari ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA NOVOSTI xabar qilmoqda.

Avvalroq mamlakatning moliya vaziri Berik Sholpankulovning aytishicha Markaziy Saylov Komissiyasi saylovlarni o‘tkazish uchun 12 milliard tenge talab qilgan. Bu taxminan 32 million dollarga teng mablag‘ hisoblanadi. Ammo MSK bu mablag‘ning kamaytirilishi mumkinligini istisno qilmadi. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 9 aprel kuni mamlakatni vaqtincha boshqarib turgan Qosim-Jomart Toqayev tezkor saylovlar o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi. Saylovlar shu yilning 9 iyun sanasida o‘tkazilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

2

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing