Qozog‘iston Prezidentligiga nomzodlardan arizalar qabul qilish boshlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 23 sentyabrdan boshlab Qozog‘iston Prezidenti lavozimiga nomzodlar ko‘rsatish boshlandi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.

“Bugun soat 10:35 holatiga ko‘ra, bunday arizalar kelib tushmagan”, deydi Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi Muxtor Yerman jurnalistlar savollariga javob berar ekan.

Qozog‘iston Prezidentlik uchun nomzod ko‘rsatish 11 oktyabrgacha davom etadi.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqi belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan respublika jamoat birlashmalariga tegishli.

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Saylovlar 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Hozirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar uchun saylov boji miqdori 3 million tengeni tashkil etadi. Tug‘ilganidan Qozog‘iston Respublikasi fuqaroligiga ega, oliy ma’lumotli, oxirgi 15 yilda mamlakatda yashagan 40 yoshdan katta fuqarolar nomzodini ko‘rsatishi mumkin. Ariza beruvchi faol saylov huquqiga ega bo‘lishi, davlat xizmatida yoki saylanadigan lavozimlarda kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi, davlat tilini mukammal bilishi talab etiladli. Qozog‘iston Respublikasi Prezidentligiga har bir nomzod 118 ming imzo to‘plashi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

184

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing