Qozog‘iston Prezidenti O‘zbekistonda qanday kutib olindi?
Bu qiziq
−
15 aprel 2019
11708Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 14 aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati Qozog‘iston Prezidentining qanday kutib olingani tasvirlangan lavhalarni e’lon qildi. Unda oliy martabali mehmon yuksak darajada qarshi olingani, 10 dan ortiq mototsikl va 20 dan ortiq avtomobillardan iborat kortej Qozog‘iston Prezidentini manzilga eltganini ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Davlat tashrifining asosiy tadbirlari bugun, 15 aprel kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tadi. Tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi, qator muhim ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Prezidentlar O‘zbekistonda Qozog‘iston yilining rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadi.