Qozog‘iston Prezidenti ommaviy tartibsizliklar yakuni haqida gapirdi
Olam
−
09 fevral 2020
8429Avvalroq, Qozog‘istonning Qirg‘iziston bilan chegaraga yaqin hududida, Masanchi qishlog‘ida qozoqlar va dunganlar o‘rtasida etnik mojaro kelib chiqqani haqida xabar bergan edik.
Keyinchalik ommaviy mushtlashuvga nima sabab bo‘lgani oydinlashdi.
Bugun, 9 fevral kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ommaviy tartibsizliklar oqibatida odamlar qurbon bo‘lgan Jambil viloyatining Korday tumanidagi vaziyat barqarorlashgani haqida ma’lum qildi.
Shuningdek, u mojaroning avj olishiga sababchi bo‘lgan targ‘ibotchilar javobgarlikka tortilishini va "fojia sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bergan davlat idoralari xodimlari jazolanishini", aytib o‘tgan.
Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat janubidagi ommaviy tartibsizliklar oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan. Yana 40 kishi jarohatlangan. Yong‘inlar oqibatida 30 dan ortiq turar-joy binosi, 15 savdo ob’ekti, 23 ta mashina zarar ko‘rgan. To‘qnashuvlarning 50 ga yaqin ishtirokchisi hibsga olingan.
Axborot va ijtimoiy rivojlanish vaziri Dauren Abayevning so‘zlariga ko‘ra, tartibsizliklarga maishiy kelishmovchilik sabab bo‘lgan, bu yerda hech qanday etnik mojaro yo‘q.
LiveBarchasi