Qozog‘iston Prezidenti huzurida Islohotlar bo‘yicha Oliy kengash tuzildi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzurida Islohotlar bo‘yicha oliy kengash tuzildi. Bu haqda Oqo‘rda Matbuot xizmati xabar berdi.

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning Oliy kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi qarorida bu tuzilma mamlakatning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy, ijtimoiy hamda siyosiy islohotlarni strategik rejalashtirish uchun tashkil etilayotgani belgilangan.

Uning tarkibiga Qosim-Jomart To‘qayevdan tashqari, Bosh vazir Asqar Mamin, Prezident administratsiyasi rahbari Yerlan Koshanov, Milli bank raisi Yerbolat Dosayev, Strategik rejalashtirish va islohotlar bo‘ycha agentlik raisi Kayrat Kelimbetov, Qozog‘iston moliya bozorini rivojlantirish va yo‘naltirib turish bo‘yicha agentlik raisi Madina Abilkasimova, Prezident yordamchisi – Xavfsizlik kengashi kotibi Aset Isekeshev, Prezident administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Timur Suleymenov, “Otamakon” tadbirkorlar milliy palatasi prezidiumi raisi Timur Kulibayev kirgan.

Shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining sobiq rahbari Suma Chakrabarti iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha shtatdan tashqari maslahatchisi sifatida kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

31

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing