Qozog‘iston poyezdlarida ayollar uchun alohida vagonlar joriy etilmoqda
Olam
−
28 aprel 3642 2 daqiqa
Qozog‘istonda Milliy tashuvchi kompaniya 614/613-raqamli Oral-Mang‘istau yo‘nalishida ayollar uchun alohida vagon joriy etmoqda. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
“Passajirskiye perevozki” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bunday kupe xizmatidan joriy yil 1 iyundan boshlab foydalanish mumkin bo‘ladi.
“Ayollar vagoniga chiptalar faqat ayollarga sotiladi va bu vagonlarda faqat ayol yo‘lovchi kuzatuvchilar ishlaydi. Shuningdek, ayollar kupesida 7 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar safar qilishiga ruxsat beriladi. Ayollar vagoniga chipta vokzal kassalaridan sotib olinadi, bu holda kassirga joy tanlash zarurligini oldindan aytish kerak yoki biletni railways.kz saytida onlayn xarid qilish mumkin. Onlayn rasmiylashtirishda “JN” (ayollar uchun) qisqartmasiga e’tibor berish lozim, bu chipta faqat ayollar vagoniga tegishli ekanini bildiradi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, yangi vagon joriy etilishi bilan Qozog‘istonda “Ayollar vagoni” xizmati ko‘rsatiladigan poyezd yo‘nalishlar soni 12 taga yetadi. Poyezd jo‘nashidan 45 kun oldin chipta sotuvga chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili noyabr oyida Samarqand shahrida avtobusga “Ayollar oldinda, erkaklar orqada” yozuvini osgan haydovchi intizomiy jazoga tortilgandi. Holat 22-sonli “Navbog‘ mahallasi – Pistamozor mahallasi” yo‘nalishida harakatlanuvchi transport vositasida sodir bo‘lgani aniqlangan hamda transport vositasidan ushbu yozuv olib tashlangan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr