Qozog‘iston Parlamenti Senati raisi Toshkentga keldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, 3–4 iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayevning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik. Bugun, 3 iyun kuni Ashimbayev O‘zbekistonga keldi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati bergan xabarga ko‘ra, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Darxan Satibaldi hamda boshqa rasmiylar kutib olgan.

Ta’kidlanganidek, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilovning Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Senat

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing