Qozog‘iston otni qamchiladi. Rossiya bilan vaksina uchun bitim imzolandi

Olam

image

Rasmiy Moskva va Nur-Sulton o‘rtasida Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini Qozog‘istonga yetkazib berish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Bu haqda Qozog‘iston Hukumati rasmiy sayti ma’lumot bermoqda. 

Xabarda aytilishicha, Qozog‘iston Hukumati delegatsiyasi Rossiyaga amaliy tashrif bilan borgan. Rossiya Vazirlar Mahkamasi vakillari, jumladan, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov bilan uchrashuvlarda SOVID-19 vaksinasini sotib olish va undan foydalanish masalalari muhokama qilingan. 

“Sinovlarning barcha bosqichlaridan so‘ng “Sputnik V” vaksinasining kafolatlangan hajmini ajratish to‘g‘risida o‘zaro anglashuv shartnomasi imzolandi”, deyilgan Hukumat portali xabarida. 

Xabarda ma’lum qilinishicha, xavf ostida bo‘lgan qozog‘istonliklar uchun emlash bepul va ixtiyoriy bo‘lib, bu klinik sinovlarning barcha bosqichlari tugagandan so‘ng amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga telegramma yuborib, Putinni Rossiyada koronavirusga qarshi ilk vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgani bilan tabriklagan edi. Maktubda Qozog‘iston rahbari ushbu yo‘nalishda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yuqori baholagan edi.

Rushanabonu Sultonova

 

Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Qozog'iston vaktsina

Baholaganlar

222

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing