Qozog‘iston orqali Rossiyaga borayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston-Qozog‘iston-Rossiya yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqarolardan davlat chegarasini kesib o‘tish qonunchiligiga qat’iy rioya etish so‘raldi. Bu haqda O‘zbekistonning Aqtau shahridagi Bosh konsulligi ogohlantirdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinish holatlari ko‘paygan. Qozog‘istonning vakolatli idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxslar qo‘lga olingan va Jinoyat kodeksining 392-moddasi (Qozog‘iston Respublikasi davlat chegarasini qasddan noqonuniy kesib o‘tish) va 394-moddasi (noqonuniy migratsiyani tashkil etish) bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Joriy yilning sentyabr oyidan Qozog‘istonda chegara buzilishi holatlari uchun qattiq jazo belgilangan bo‘lib, uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etish kiritildi.

“Hurmatli fuqarolar, davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish yoki bunday harakatga urinish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Sizni davlat chegarasidan o‘tish tartibini qat’iy saqlashga va noqonuniy sxemalarda ishtirok etmaslikka chaqiramiz”, deyilgan konsulxona xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ichida 54 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan yo‘lovchi avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchragandi.


Maqola muallifi

Teglar

ogohlantirish jinoiy javobgarlik noqonuniy migratsiya O'zbekiston-Qozog'iston-Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing