Qozog‘iston oligarxiya tuzumi bilan butunlay xayrlashishi kerak –  To‘qayev

Olam

image

Qozog‘iston xoh iqtisodiyot bo‘lsin, xoh siyosat oligarxiya tuzumi bilan butunlay xayrlashishi kerak. Bu haqda mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 15 iyun kuni “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida ta’kidladi.

“Mamlakatda ijtimoiy adolat bo‘lishi kerak. Albatta, men utopik va xayolparast emasman, bu bir yilda bitadigan ish emasligini tushunaman, lekin bunga intilishimiz kerak. Ijtimoiy lift ishlashi zarur, biz davlat lavozimlariga, davlat kompaniyalaridagi lavozimlarga juda qobiliyatli, vatanparvar odamlarni tanlashimiz kerak”, deydi u.

To‘qayevning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonga siyosiy islohotlar kerak, odamlarning fuqarolik faolligiga erkinlik berish zarur edi, buning uchun jamiyatdan juda katta so‘rov tushgan.

“Biz superprezidentlik tizimidan nufuzli parlament o‘z o‘rnini egallagan, ijro etuvchi hokimiyat o‘z rolini ijro etadigan va parlament butun xalq oldida to‘liq javobgar bo‘lgan sivilizatsiyalashgan prezidentlik tizimiga o‘tishimiz kerak”, deydi u. 

To‘qayevning ta’kidlashicha, navbatdagi parlament saylovlari yangi qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston To'qaev oligarxlar

Baholaganlar

125

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing