Qozog‘iston Nazarboyevni qo‘riqchilaridan ayirmoqchi

Olam

image

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning xavfsizligini ta’minlash funksiyasi respublika Davlat qo‘riqlash xizmati vazifalaridan chiqarilishi mumkin. Tegishli o‘zgartirishlar mamlakat “Ochiq normativ-huquqiy hujjatlar” portalida e’lon qilindi. 

Nizomning amaldagi tahririda aytilishicha, Davlat qo‘riqlash xizmati "Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti, Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi (millat rahbari), boshqa muhofaza qilinadigan shaxslar, ob’ektlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xavfsizlik choralarini ko‘radi.

Muhokamasi 14 iyunga qadar davom etadigan qoidaning taklif etilayotgan variantida birinchi prezident so‘zlari olib tashlanishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Nazarboyev uning oila a’zolarining maqomi va imtiyozlarini tartibga soluvchi “Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti – Elboshi to‘g‘risida”gi ilgari amaldagi konstitutsiyaviy qonunning bekor qilinishi bunga asos bo‘lgan.

Davlat qo‘riqlash xizmati – Qozog‘iston Prezidentiga bevosita bo‘ysunadigan va unga hisobot beradigan maxsus davlat organi bo‘lib, u mamlakatning yuqori mansabdor shaxslari va muhim ob’ektlari xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston parlamenti deputatlari Jinoyat kodeksidan respublikaning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevni haqorat qilganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi moddani olib tashlash bo‘yicha tuzatishlarni ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Davlat qo'riqlash xizmati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing