Qozog‘iston natriy sianidi ishlab chiqaruvchi zavod qurishni rejalashtirmoqda

Olam

image

Qozog‘iston hukumati 2025 yil oxirigacha respublika janubida oltin qazib olish sanoati xavfsizligini ta’minlaydigan sianid ishlab chiqaruvchi zavodni ishga tushirish niyatida. Bu haqda Sanoat va qurilish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

“Jambil viloyatida oltin qazib olish sanoatining strategik xavfsizligini ta’minlaydigan, ichki bozorni to‘liq ta’minlaydigan hamda Rossiya va Xitoydan import o‘rnini bosuvchi natriy sianid ishlab chiqaruvchi zavod qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha yuqori eksportga yo‘naltirilgan salohiyatga ega, chunki yaqin o‘n yil ichida qo‘shni mamlakatlar (O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston) da talabning ortishi prognoz qilinmoqda”, deyiladi xabarda. 

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, zavodni ishga tushirish 2025 yilning to‘rtinchi choragiga mo‘ljallangan. “Altynalmas Reagents” korxonasi Chu shahridagi “Kimyopark Taraz” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan. 

“Ishlab chiqarish quvvati – 25 ming tonna natriy sianid – bu bugungi kunda oltin qazib olish sanoati uchun asosiy va ajralmas kimyoviy reagentdir. Ishlab chiqarilgan mahsulot oltin gidrometallurgiyada ishlatiladigan eng yuqori sifatli natriy sianididir, tozaligi kamida 98%”, deya izoh berdi vazirlik. 

Yangi korxonada kimyo ishlab chiqarish sohasida jahon yetakchisi Chemours (sobiq DuPont) kompaniyasining litsenziyalangan texnologiyasidan foydalanish rejalashtirilmoqda.  

“Loyihalash va qurilish ishlari Germaniyaning yetakchi injeniring kompaniyasi Glatt Gmbh tomonidan amalga oshirilmoqda. U ilgari dunyoda ikkita ana shunday loyihani muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ygan. Korxonada eng yaxshi ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy mehnatni muhofaza qilish va ekologik standartlar joriy etiladi. Masalan, loyiha atrof-muhitga nol chiqindilar bilan texnologik suv aylanishining butunlay yopiq siklini, qayta ishlangan gazlarning ekologik xavfsiz favqulodda yonish tizimini nazarda tutadi”, deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing