Qozog‘iston MSK saylov natijalarini e’lon qildi

Olam

image

Markaziy saylov komissiyasi (MSK) kecha, 20 noyabr kuni o‘tkazilgan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalarini e’lon qildi. 

MSK quyidagi dastlabki natijalarni bergan: 

Qosim-Jomart To‘qayev – 81,31 foiz (6 456 392 kishi); 

Jiguli Dayraboyev – 3,42% (271 641 kishi); 

Karakat Abden – 2,60% (206 206 kishi); 

Meiram Kajiken – 2,53% (200 907 kishi);

Nurlan Auyesbayev – 2,22% (176 116 kishi); 

Saltanat Tursinbekova – 2,12% (168 731 kishi);

“Hamma namzodlarga qarshi” – 5,8% (460 484 kishi). 

“Saylovchilarning yangilangan ro‘yxatiga ko‘ra Qozog‘iston Respublikasi fuqarolarining umumiy soni 11 953 465 kishini tashkil etdi. Qabul qilingan saylov byulletenlari 8 300 046 ta yoki 69,44%. Ovoz berish kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning 11 ming nafardan ortiq ishonchli vakili, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning 641 nafar kuzatuvchisi, siyosiy partiyalardan 15 ming 500 nafar, jamoat birlashmalaridan 30 ming nafardan ortiq kuzatuvchi saylov jarayonlarini kuzatdi”, deydi Qozog‘iston Respublikasi MSK raisi Nurlan Abdirov. 

20 noyabr kuni soat 21:00 da Qozog‘iston hududida prezidentlik saylovi yakunlandi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq saylov uchun o‘tkazilgan “exit-poll” natijalari e’lon qilingan edi. Birinchi ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilarning 82,45 foizi Qosim-Jomart To‘qayevga ovoz bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

84

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing