Qozog‘iston MDH davlatlari fuqarolariga yordam ko‘rsatish bitimini tasdiqladi

Olam

image

Qozog‘iston parlamentining Senati (yuqori palatasi) bugun, 17 mart kuni MDH doirasida shaxsiy ma’lumotlar almashinuvi sohasida ma’muriy masalalarda huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi.  

Bitim MDH doirasida shaxsiy ma’lumotlar almashinuvi sohasidagi ma’muriy masalalar: fuqarolikning mavjudligi (yo‘qligi), migratsiya ro‘yxatidan o‘tish, vizalar va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatishga doir hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratishni nazarda tutadi. 

Hujjat MDH mamlakatlari huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jismoniy shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha so‘rovlarni ko‘rib chiqish va hal etish jarayonida yuzaga keladigan jamoatchilik munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan. 

Qayd etilishicha, parlament quyi palatasi kelishuvni joriy yilning mart oyi boshida ma’qullagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston MDH

Baholaganlar

123

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing