Qozog‘iston mamlakatni tanqid qilgan xorijliklarning kirishini taqiqladi

Olam

image

Qozog‘iston mamlakatni tanqid qilgan xorijliklarning kirishini taqiqlab qo‘ydi va ularni maxsus ro‘yxatga kiritmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Aybek Smadiyarov jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda so‘z ochgan. 

Uning qayd etishicha, har bir davlat bunday ro‘yxatlarni yuritadi. 

“Tabiiyki, biz ushbu ro‘yxatni saqlaymiz, ammo bu ishchi ro‘yxat. Biz buni oshkor qilmaymiz. Shunchaki, barcha bayonotlar e’tibordan chetda qolmaydi”, deydi Smadiyarov. 

Biroq u bunday ro‘yxatda qancha odam borligiga aniqlik kiritmagan. Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining tushuntirishicha, bunday odamlar uchun “chegara yopiq, ular Qozog‘istonga kira olmaydi”.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing